«ekspress test» tegli maqolalar


O‘zbekistonga kirishda koronavirusga ekspress test olish tartibi bekor qilindi
24 yanvar 2022, 17:47

O‘zbekistonga kirishda koronavirusga ekspress test olish tartibi bekor qilindi

Respublika maxsus komissiyasi 25 yanvardan xalqaro aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlarida fuqarolardan koronavirus infeksiyasiga ekspress test olish tartibini bekor qildi. Bunda tashrif buyuruvchilar kamida 48 soat oldin topshirgan manfiy PZR-test ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim.

SES O‘zbekistonga kirganlardan ekspress test olinayotganini izohladi
16 yanvar 2022, 21:44

SES O‘zbekistonga kirganlardan ekspress test olinayotganini izohladi

O‘zbekistonga kirayotganlardan ekspress test olish tartibi joriy qilinishi navbatlar va odamlarning noroziligini yuzaga keltirdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati bir kun ichida mamlakatga tashrif buyurgan 15 mingdan ortiq kishining 151 nafarida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga majburiy test topshirish joriy etilmoqda
14 yanvar 2022, 19:43

O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga majburiy test topshirish joriy etilmoqda

Maxsus komissiya qarori bilan 15 yanvardan O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qarshi majburiy test topshirish joriy etilmoqda. Test topshirish narxi so‘m ekvivalentida 5 AQSh dollari miqdorida bo‘ladi. Talabalarga 50 foiz chegirma beriladi.

Chegaralarda koronavirusga ekspress-test olish tartibi 15 martdan bekor qilindi
14 mart 2021, 08:05

Chegaralarda koronavirusga ekspress-test olish tartibi 15 martdan bekor qilindi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan aeroport, temir yo‘l vokzali yoxud chegara punkti hududida koronavirusga antigen ekspress test olish tartibi 15 martdan bekor qilinadi. 15 martdan salbiy PZR testi bilan (oxirgi 72 soat ichida olingan) O‘zbekistonga kirishga ruxsat beriladi. 25 martga qadar natijalari O‘zbekistonda tan olinadigan xorijiy laboratoriyalar ro‘yxati tuziladi.

COVID-19 ga antitana va antigenga ekspress testlarni sertifikatlashtirmasdan import qilishga ruxsat berildi
26 sentabr 2020, 13:29

COVID-19 ga antitana va antigenga ekspress testlarni sertifikatlashtirmasdan import qilishga ruxsat berildi

COVID-19 ga antitana va antigenga ekspress testlarni sertifikatlashtirmasdan O‘zbekistonga import qilishga ruxsat berildi. Gripp va koronavirusga qarshi vaksinalar soddalashtirilgan tartibda olib kelinadigan dorilar ro‘yxatiga kiritildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting